
Film haqqında
Sardor kuchli bokschi boʼlib, sport zalda astoydil shugʼullanadi. Ukasini ham oʼzidek bokschi qilish niyatida edi. Uning yuragidagi sportga boʼlgan mehrni otasi uygʼotgan. Lekin, otasi bolaligida vafot etgan edi. Kunlardan bir kuni tekshiruv chogʼida Sardorning miyasida oʼsimta aniqlanadi. Shu kuni u uyga kelib, onasini uni duo qilayotganining ustidan chiqadi. Koʼngli buzilib ketadi. Аmmo, uning dardiga shifo yoʼq edi. Shundan kunlarning birida, u tasodifan koʼchada Malika ismli badavlat qiz bilan tanishib qoladi. Malikaning mashinasi baloni teshilib qolib, uni almashtirish kerak edi. Sardor unga yordam qiladi va Malika buning evaziga pul taklif qilganida, jahli chiqib ketib qoladi. Shundan soʼng, ular bir necha marta toʼqnash kelib, tortishib qolaverib, oxiri bir-birlariga koʼngil qoʼyishadi. Аmmo, Malikaning otasini badavlat Аzim akadan katta qarzi boʼlib, buning evaziga qizini, uning oʼgʼliga uzatmoqchi edi... Malika ikki oʼt orasida qoladi. Sardor va Malikaning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Sardorning dardiga daʼvo topiladimi?
Mámleketler:
Janrı:
Waqtı:
1 s 15 min
Jas sheklewi:
12+
Tiller:
en
Bahалар: